Kompensatsiya pul to’lovlari

Quyidagilar eng kam ish haqining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to’lovlari oluvchilari hisoblanadi:

a) o’zgalar qaramog’iga muhtoj bo’lgan yolg’iz pensionerlar, shu jumladan, nogironlar ham;

b) 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi nogironlari, qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning oilalari va vafot etgan nogironlarining xotinlari.

Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga 1 va 2-son ilovalari bilan belgilangan.

Halok bo’lgan harbiy xizmatchining kompenstsiya pul to’lovlarini olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolariga boquvchisini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq halok bo’lgan harbiy xizmatchi uchun pensiya olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolari kiritiladi.

Kompenstsiya pul to’lovlari halok bo’lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga ular oladigan pensiya turidan va oila a’zolari birgalikda yoki alohida yashashlaridan qat’i nazar, to’lanadi;

v) birinchi va (yoki) ikkinchi darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar;

g) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Stsialistik Mehnat Qahramonlari va Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar, shaxsiy pensionerlar;

d) fashistlar konslagerlarining sobiq voyaga etmagan tutqunlari;

e) Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan fuqarolar;

j) ko’zi ojiz I guruh nogironlari;

z) Chernobil halokati oqibatida ziyon ko’rgan fuqarolar;

i) yadro poligonlarida va boshqa yadroviy raditsiya ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Eng kam ish haqining 18 foizi miqdorida oylik kompenstsiya pul to’lovlari oluvchilari deb 1941-1945 yillar ikkinchi jahon urushi davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi.




Tez-tez beriladigan savollar