Yoshga doir pensiya

Yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  • ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
  • ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
  • ariza beruvchining jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005 yil 1 yanvardan keyin).

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

a) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va qo’shilmalarda bo’lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

b) tegishli organ tomonidan berilgan, idoraviy bo’ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va kon-qutqaruv qismlaridagi xizmatni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

v) band bo’lgan shaxsga O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan berilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

g) O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasasi tibbiy-maslahat komissiyasi (keyingi o’rinlarda TMK deb yuritiladi) tomonidan berilgan ariza beruvchining bolasi 16 yoshgacha nogiron bola deb e’tirof etilishini tasdiqlaydigan tibbiyot xulosasi yoki Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (keyingi o’rinlarda TMEK deb yuritiladi) tomonidan berilgan parvarish ostidagi shaxs I guruh nogironi deb tan olinishini tasdiqlaydigan nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismi;

d) davolash-profilaktika muassasasining xulosasi asosida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan 80 yoshga to’lgan keksalarga qarab turilgan vaqtni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

e) oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan, o’qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek partiya maktablarida), aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar - izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada kunduzgi o’qishni, shu jumladan, chet elda o’qishni tasdiqlaydigan diplom yoki ma’lumotnoma;

j) bolani parvarish qilish bo’yicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi to’g’risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola tug’ilganidan boshlab u uch yoshga to’lgunigacha bo’lgan davrda mehnat munosabatlarida bo’lgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

z) oftserlar tarkibidan bo’lgan shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va muddatdan tashqari xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo’lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqtni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

z’) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

i) ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;

k) davolash-profilaktika muassasasining ariza beruvchi gipofizar nanizm bemori (liliput) yoxud disproporsional pakana ekanligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;

l) familiya, ism, ota ismi o’zgartirilganligi to’g’risidagi hujjat;

m) TMEKning nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi - mehnatda yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida I va II guruhlar nogironi bo’lgan vaqt stajga hisoblanadigan hollarda;

n) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan nogiron bola 8 yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma, shuningdek bola 8 yoshgacha nogiron bola deb e’tirof etilishini tasdiqlaydigan TMK tomonidan berilgan tibbiyot xulosasi yoki TMK tomonidan berilgan nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan kasallik bo’yicha davolash-profilaktika muassasasida hisobda turganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma;

o) oqlov hukmi yoki ish to’xtatilganligi to’g’risida sudning ajrimi (qarori) yoki prokuror (tergovchi)ning ish to’xtatilganligi to’g’risidagi qarori, shuningdek oldini olish chorasi sifatida shaxsni tergov izolyatorida (turmada) qamoqda saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni o’tash davri to’g’risida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi, shuningdek reabilittsiya to’g’risidagi hujjatlar (sud organlari, prokuratura organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi chiqarilganligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi yoki reabilittsiya qiluvchi asoslar bo’yicha jinoyat ishi to’xtatilganligi to’g’risidagi qarori (ajrimi);

p) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi.




Tez-tez beriladigan savollar