O’zbеkistоn Rеspublikаsi mоliya vаzirining 2017 yil 19 iyuldagi 108-sоn buyrug'i

 

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirining

buyrug’i

Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to’ldirish qoidalari to’g’risidagi yo’riqnomaning 48-bandiga o’zgartirish kiritish haqida

 

[O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 26 iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2282-5]

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 maydagi PQ-3016-son «O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011 yil 14 oktyabrdagi 63-son buyrug’i (ro’yxat raqami 2282, 2011 yil 17 noyabrь) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2011 y., 45-46-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to’ldirish qoidalari to’g’risidagi yo’riqnomaning 48-bandi birinchi xatboshisidagi «O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy ta’minlash departamentining tegishli tuman (shahar) bo’limlariga» degan so’zlar «O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar) bo’limiga» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir B. XODJAEV

Toshkent sh.,

2017 yil 19 iyulь,

108-son

 

 




Tez-tez beriladigan savollar