Yuqori oylik ish haqi olib kelgan bo‘lsada, pensiya miqdori yuqori bo‘lmaganligi

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonungaasosan pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan (hozirgi kundagi minimal ish haqi miqdori 172 240 so‘m x 8= 1 377 920 so‘m) ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

Qayta hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqining miqdori eng kam ish haqining 8 barobaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, pensiya eng kam ish haqining 8 barobaridan kelib chiqib hisobladi.

Misol uchun: Fuqaro 2018 yilning 5 may kunidan 40 yil ish staji hamda 2010-2014 yillardagi ish haqi hisobidan 964 544 so‘m miqdorda yoshga doir pensiya tayinlangan. Bunda fuqaroning haqiqiy o‘rtacha ish haqi miqdori 3 5601 420 so‘mni tashkil etgan, ya’ni eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan yuqori miqdor.Pensiya miqdori quyidagicha hisob-kitob qilingan:

pensiyaning tayanch miqdori – (hozirgi kundagi minimal ish haqi miqdori – 172 240 so‘m x 8) 1 377 920 x 55% = 757 856 so‘m;

ortiqcha ish staji uchun pensiyaning oshirilishi – 1 377 920 x 15% (40 yil umumiy ish staji – 25 yil talab qilingan ish staji = 15 yil) = 206 688  so‘m.

Pensiya miqdori = 757 856 + 206 688 = 964 544 so‘m.




Tez-tez beriladigan savollar