Nogironlik pensiyasi

Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Ko’rikdan o’tkazish va kasbiy mehnat layoqatini yo’qotish darajasini aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo’qotilishi darajasini aniqlashga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” 195-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida amalga oshiriladi.

Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.

Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunining 17-moddasi 2qismida belgilangan ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi.




Tez-tez beriladigan savollar