Pensiya jamg‘armasi matbuot anjumani o‘tkazildi

2018 yil 14 noyabr kuni Milliy matbuot markazida “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari, mavjud muammolar ularning yechimlari to‘g‘risida” va “Davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish konsepsiyasining mohiyati to‘g‘risida” mavzularida press-konferensiya o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Tursunov Yorqin Ergashevich o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Anjumanda Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki vakillari hamda  ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumani ommaviy axborot vositalari vakillari bilan interaktiv tarzida o‘tkazildi.

Manbaa: www.pfru.uz




Tez-tez beriladigan savollar