Nogironlik pensiyasi

Nogironlik pensiyasini tayinlashni so’rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  • ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
  • ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
  • ariza beruvchining jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005 yil 1 yanvardan keyin);
  • baxtsiz hodisa va sog’liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to’g’risidagi hujjat yoki agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo’lgan bo’lsa - boshqa rasmiy hujjat.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan ariza beruvchi yashash joyi bo’yicha bir o’zi yashashi (ro’yxatdan o’tkazilganligi) to’g’risidagi ma’lumotnoma;
  • Bundan tashqari, zarur hollarda, yoshga doir pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan boshqa xujjatlar taqdim etiladi.



Tez-tez beriladigan savollar