Samarqandda sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2019 yil 22 yanvar kuni Bulung‘ur tumanidagi “Nurli yo‘l” maxallasi binosida fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari yuzasidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Savol, mulohaza va takliflarga boy o‘tgan uchrashuvda tuman mutasaddi idoralar xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tumanda istiqomat qilayotgan pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolar ishtirok etishdi.

Sayyor uchrashuvda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minotida ijtimoiy adolat tizimini va samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida”gi PF-5597-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Sayyor uchrashuvlar hududlarda davom etmoqda.




Tez-tez beriladigan savollar