Koreya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatida Koreya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Moliya vaziri o‘rinbosari Y.Tursunov, Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsatsiyasi direktori o‘rinbosari E.Kuanishev, Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati bo‘lim boshlig‘i  Joung Il Xo boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi va Moliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mamlakatimizning pensiya tizimida informatsion texnologiyalarning o‘rni, pensiya tayinlash jarayonini optimallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Pensiya ta’minoti tizimi isloh qilish Konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan bandlar ham muhokama qilindi. Tomonlar kelajakda ham birga ishlash bo‘yicha o‘zraro kelishib olindi.

 

Manba: www.pfru.uz




Tez-tez beriladigan savollar