Pensiyalarni to’lashga harajatlarni qoplash

Mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik uchun tayinlangan pensiyalarni to’lash, shuningdek xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to’lgunga qadar ushbu «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun 12-moddasining “b”-“j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to’lash uchun ish haqi to’lashga mo’ljallangan mablag’lar hisobidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga xarajatlarni qoplovchi pul o’tkazadilar.

Pensioner ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan yoshga to’lguniga qadar ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratiladigan Aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi jamg’arma mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.

Tez-tez beriladigan savollar